
“Yuventus” futbolchisining qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
Tez orada qalqonsimon bezdagi tugunni olib tashlash uchun jarrohlik stoliga yotishi aytilayotgan “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Emre Janning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu jarrohlik amaliyoti Germaniyaning Frankfurt shahrida o‘tkaziladi. Shundan so‘ng futbolchi kamida bir oy maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar