
“Yuventus” futbolchisi operatsiya qilinishi mumkin
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Emre Janning sog‘ligidagi muammolari kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchi qalqonsimon bezida og‘riq his qilmoqda. Endi u qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
Shifokorlarning fikricha Jan xatto jarrohlik stoliga ham yotqizilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Emre Jan joriy mavsum “Yuve” safida 8ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar