
"Yuventus" Emre Janning transferini qachon rasman e’lon qiladi?
Mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadigan “Liverpul” yarim himoyachisi Emre Jan tez orada “Yuventus” a’zosiga aylanadi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli germaniyalik futbolchi “Real”ga qarshi EChL finalidan so‘ng 27 may kuni turinliklar bilan shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Janga 5 yillik shartnoma va yiliga 6 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Germaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum APLda jami 26ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar