Xummels jarohat oldi
Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” klubi himoyachisi Mats Xummels Bundesmanshaft tarkibidagi vaqtida jarohat olgan.
Shu sabab futbolchi myunxenliklar safiga qaytgandan keyingi ilk mashhulotlarni o‘tkazib yubordi. Shifokorlar hozircha uning jarohati qay darajada jiddiy ekanligi haqida bir ma’lumot berganicha yo‘q.
Shunday bo‘lsada, Xummels Germaniya chempionati doirasida “Bayer”ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rniga ushbu o‘yinda Niklas Zyule maydonda harakat qiladi.



Fikrlar