
Xorn va Krouford o‘rtasidagi chempionlik jangi bekor qilindi
Yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi avstraliyalik Jeff Xorn va bu titulga asosiy da’vogar Terens Krouford o‘rtasidagi jang bekor qilindi.
AFP nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tashkilotchilar Kroufordning mashg‘ulot vaqtida olgan jarohati sababli jang bekor qilgan. Avvalroq jang 14 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.
30 yoshli Xorn ushbu kamarni o‘tgan yilning iyul oyida filippinlik Menni Pakyaoni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgan. Dekabrda esa britaniyalik Geri Korkoranga qarshi ilk himoya jangini muvafaqqiyatli yakunlagan.
Fikrlar