"Xoffenxaym" o‘z sardori bilan shartnomani uzaytirdi

  • 21 avgust, 2018, 18:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zinsxaymning “Xoffenxaym” klubi sardori Kevin Fogt jamoa bilan tuzilgan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 26 yoshli germaniyalik futbolchi endi 2022 yilga qadar ushbu klub sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Fogt 2016 yildan buyon “Xoffenxaym” a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum Bundesligada jami 31ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Xoffenxaym” yakunlangan mavsumda chempionatda bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Endi ushbu jamoa yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!