
Xitoyliklar “Sautgempton” uchun 220 mln evro berishga tayyor
Xitoylik investorlar Evropadan kuchli futbolchilarni xarid qilish bilan cheklanib qolayotgani yo‘q va “ko‘hna qit’a”ning bir qator jamoalariga ham egalik qilishni o‘z oldilariga maqsad qilgan.
Ularning navbatdagi “nishoni” Angliyaning “Sautgempton” jamoasi bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi The Times nashri. Avvalroq klub rahbariyati 200 million evrolik taklifni rad qilishgan edi.
Bu gal esa Lander Sports Development kompaniyasi jamoa uchun 220 million evro taklif bilan chiqishmoqda. Bu mablag‘ esa klub xo‘jayini Katarin Libxerr baholagan narxga yaqin kelgan. Tomonlar muzokaralarning yakunlovchi qimiga etib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Sautgempton” APLda 33 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar