
Xitoy. Ahmedovning jamoasi chempionlik sari dadil odimlamoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyat olib boradigan "Shanxay SIPG" klubi o‘z maydonida "Chanchun Yatay"ni qabul qildi.
Mazkur o‘yinda shanxayliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Havmyurtimiz bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Bugungi muvaffaqiyatdan so‘ng "Shanxay SIPG" jamg‘argan ochkolar soni 52 taga etdi va jamoa turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar