Xedira o‘zining shahsiy rekordini takrorladi

  • 1 aprel, 2018, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira kecha “Milan”ga (3:1) qarshi bahsda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

Ushbu gol germaniyalik futbolchining joriy mavsum A Seriyadagi 7-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, bu bilan Xedira o‘zining bir mavsumda chempionat doirasida kiritgan gollari rekordini takrorladi.

Aytish lozimki, Xedira bundan avvalroq faqat bir marta bunday natijani qayd eta olgan. U 2008/09 yilgi mavsumda “Shtutgart” safida Bundesligada 7ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!