Xarri Keyn kecha Maykl Ouenning rekordini takrorladi

  • 24 dekabr, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn kecha APLning 18-turida "Everton" (2:6) darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Tecno

E’tiborlisi, bu 25 yoshli hujumchining “irischilar”ga qarshi bahslarda qayd etgan 4-dubli bo‘ldi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Keyn APLda bir jamoa darvozasiga 4ta bahsda ikkitadan gol urishni uddalagan Maykl Ouenning rekordini takrorladi.

Ma’lumot uchun, Ouen 1998-2001 yillarda “Liverpul” safida “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazilgan 4ta o‘yinda dubl qayd etishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!