
WTA eng yaxshi ayol tennischisini aniqlamoqchi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA joriy yilgi sport mavsumining "Eng yaxshi tennischi" nominatsiyasiga kimlarning nomzodi qo‘yilganini e’lon qildi.
2018 yilning eng yaxshi tennischisi bo‘lish uchun ruminiyalik Simona Xalep, germaniyalik Anjelik Kerber, chexiyalik Petra Kvitova, yaponiyalik Naomi Osakaning nomzodlari qo‘yilgan.
Ushbu nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar Singapurda o‘tadigan yakuniy turnirga atalgan bayram dasturxonida aniqlanadi va taqdirlanadi.
Fikrlar