Voleybol. Xorazmda ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlandi

BEPUL PROPAN

Musobaqada 8 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslarda SKUF, JDPI, «Xorazm», «Yangiqo‘rg‘on», «Guliston VK», NDPI, «Buxoro» hamda SamDU jamoalari qatnashdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Birinchi tur yakunlariga ko‘ra Toshkent viloyatining SKUF jamoasi etakchiga aylanib oldi. Ikkinchi o‘rindan Nukusning NDPI jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Namanganning «Yangiqo‘rg‘on» jamoasi yakun yasadi.

Birinchi turdan so‘ng jamoalar to‘plagan ochkolar:

1) CKUF (Toshkent viloyati) – 12
2) NDPI (Nukus) – 9
3) «Yangiqo‘rg‘on» (Namangan) – 9
4) JDPI (Jizzax) – 6
5) «Xorazm» (Xorazm) – 6
6) «Buxoro» (Buxoro) – 3
7) «Guliston VK» (Sirdaryo) – 3
8) SamDU (Samarqand) – 0.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Qo‘qon shahrida erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi turi o‘tkazilgan va unda poytaxtning «Orient» jamoasi etakchilik qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!