Vitaliy Klichko Kievda Lennoks Lyuis bilan jang qiladi

  • 7 iyul, 2018, 06:34
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Super og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni, Kiev meri Vitaliy Klichko ushbu vaznda sobiq mutloq jahon chempioni britaniyalik Lennoks Lyuis bilan jang o‘tkazadi, deya xabar beradi aka-uka Klichkolar fan-klubi sayti.

Mazkur ko‘rgazmali jang 30 sentyabr – 5 oktyabr kunlari WBCning Kievda o‘tadigan 56-kongressida tashkil qilinadi. Jang xayriya auktsioni doirasida bo‘lib o‘tadi. Jang shartlari keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Lennoks Lyuis – Vitaliy Klichko jangi 2003 yili 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shanda ukrainalik bokschining jarohati sababli to‘xtatilgan hamda Lyuisning g‘alabasi e’lon qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!