"Vest Xem" o‘z safiga Urugvay terma jamoasi forvardini qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 7 avgust, 2018, 22:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vigoning "Selta" klubi forvardi Maksi Gomes faoliyatini "Vest Xem"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha londonliklar 21 yoshli urugvayik futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 50 million evro tovon pulini to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Gomes “Selta” safiga bundan bir yil muqaddam "Defensor Sporting" klubidan 4 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Yakunlangan mavsum esa u jami 39ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 18ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!