
Vertongen "Tottenxem"da qolmoqchiligini aytdi
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi.
“Mening “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomamda uni 2020 yilga qadar uzaytirish imkoniyati bor va klub ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin. Shunday qilib menda yana 1,5 yil vaqt bor, undan keyin nima bo‘lishini esa ko‘ramiz. Men esa o‘zimni yana kamida 4-5 yil yuqori darajada futbol o‘ynay olaman deb his qilyapman”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Vertongenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, “Tottenxem”da uni yana bir yilga uzaytirish huquqi bor.
Bundan avvalroq “Manchester Yunayted” Vertongenni qishda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar