Vertongen London derbisida ishtirok etishi mumkin

  • 22 noyabr, 2018, 19:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi himoyachisi Yan Vertongen shanba kuni APLning navbatdagi turida “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan London derbisida ishtirok etishi mumkin.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda belgiyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Ammo, hozircha uning “aristokratlar”ga qarshi o‘yingacha to‘liq tayyor bo‘lishi so‘roq ostida. Bu haqda “shporlar” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino gapirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, dastavval shifokorlar Vertongenni dekabr oyi boshlarida safga qaytishini aytishgan edi.

Ma’lumot uchun, "Tottenxem" - "Chelsi" bahsi 24 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!