"Valyadolid"ni jiddiy sinov kutib turibdi, raqib - "Barselona"

  • 25 avgust, 2018, 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek bugun Ispaniya La Ligasida ham 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, shu kuni amaldagi chempion "Barselona" safarda "Valyadolid" mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Quyida ushbu uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

  • Ushbu jamoalar shu kungacha o‘zaro 84 marta to‘qnash kelishgan. Shulardan 54tasida kataloniyaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 16 marta valyadolidliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 14ta bahs durang bilan tugagan.
  • Eslatib o‘tamiz, “Valyadolid” o‘tgan mavsum o‘z maydonida “Barselona”ni 1:0 hisobida engan edi. Biroq, ular bungacha naqd 16 yil Kataloniya super klubini taslim eta olishmagan.

"Valyadolid" – "Barselona"

Stadion: "Xose Sorrilya"

Boshlanish vaqti: 01:15

Bosh hakam: De Burgos Bengoechea

Taxminiy tarkiblar:

"Valyadolid": Masip, Moyano, Kalero, Nacho, Olivas, Moxamed, Alkaraz, Fernandes, Suares, Plano, Keko.

"Barselona": Ter Shtegen, Roberto, Umtiti, Pike, Alba, Koutino, Buskets, Rakitich, Dembele, Messi, Suares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!