
Valverde Malkomni kelasi mavsumda ham jamoada olib qolmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaning braziliyalik vingeri Malkomni kelgusi mavsumda ham tarkib ko‘rmoqchi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis o‘zining bu boradagi istagini 22 yoshli futbolchi bilan bo‘lgan shaxsiy suhbatda bildirgan. U shuningdek Malkomga imkon qadar ko‘proq o‘yin amaliyoti berishga ham va’da bergan.
Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum “Barselona” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar