
Valverde: Bugun ochiq o‘yin bo‘ladi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun bo‘lib o‘tadigan "el klasiko" oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“VAR tizimining “Real”ga yon bosishidan qo‘rqayotganimiz haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Biz VAR’ga e’tibor bermaymiz, chunki futbolda hamisha bahsli vaziyatlar bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi.
Bu “el-klasiko” ekanligi ham, kubok yarim final ekanligi ham va “Barselona”dagi 100-o‘yinim ekanligi ham muhim emas. Biz faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz.
Bugun ochiq o‘yin bo‘ladi. Chunki biz oldinga borishimiz va gol urishimiz kerak. Himoyani ham unutmasligimiz lozim, ammo birinchi navbatda hujum qilishimiz shart”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi. Qayd etish lozimki, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.
Fikrlar