
Unai Emeri "Arsenal"ning yangi darvozaboni haqida o‘z fikrini bildirdi
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri debyut uchrashuv o‘tkazgan darvozabon Bernd Leno haqida o‘z fikrini bildirdi.
Aytib o‘tish joizki, 26 yoshli kiper Evropa ligasi doirasida "Vorskla"ga qarshi maydonga tushdi.
- Jamoa yosh va iqtidorli futbolchilarga umid qilmoqda. APLda tajriba juda katta rol o‘ynaydi, ushbu chempionatda jiddiy raqobat mavjud.
Tan olishim kerak, Lenoning maydondagi harakatlaridan mamnunman. Asosiy jamoa tarkibida u birinchi marotaba maydonga tushdi, o‘ylashimcha, u kabi futbolchilarga ko‘proq imkoniyat va o‘yin amaliyotini yaratib berishimiz darkor, - dedi Emeri.
Fikrlar