
Unai Emeri: "Arsenal"ning kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatlari juda kam baholanmoqda
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasi APL turnir jadvalida kuchli to‘rtlikka kirish oson bo‘lmasligi haqida aytib o‘tdi.
“Balkim, bizni kuchli to‘rtlikka kiruvchilar orasida autsayder sifatida ko‘rishayotgandir. Biz hozir 6-o‘rindamiz. Bu haqiqat. Oramizda katta farq bor”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda peshqadam “Manchester Siti”dan 15 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar