
Unai Emeri: “Arsenal” yurakdan o‘ynashi kerak
“Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri “Lester”ga qarshi (3:1) kechgan Angliya chempionati 9-turidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ikki xil taym namoyish qildik. Birinchi bo‘limda to‘pni yaxshi nazorat qila olmadik. Yaxshi natijalar qayd etayotganimizdan mamnunman, lekin yurakdan o‘ynashimiz kerak. O‘yin sifati yaxshilansa, jamoaga bo‘lgan talab ham oshadi.
Uchrashuvni to‘liq nazorat qilishni o‘rganish kerak, alohida taymlarni emas. Shundagina muvaffaqiyatga erishish yanada oson bo‘ladi. Bugun O‘zil o‘zini ko‘rsatdi, biroq ba’zida Aaron Remsi “10-raqam” sifatida o‘ynaydi. Har ikkisini bir vaqtda maydonga tushira olmayman”, – dedi Emeri.
Fikrlar