
Unai Emeri: "Arsenal" qishki transferlar davrida bir yoki ikki nafar yangi futbolchi sotib oladi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri “kanonirlar”ning qishki transferlardagi rejalari haqida gapirib o‘tdi.
“Biz yangi futbolchilarni olib kelish borasida ishlayapmiz. Kamida bir yoki ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchimiz. Qolaversa, biz qiziqish bildirayotgan futbolchilarning o‘zlari ham rajalarimizdan boxabar. Ayni damda muzokaralar davom etmoqda”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda 44 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar