"Umid nihollari"ning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda (foto)

CHERY AUTO

 Poytaxtimizda “Umid nihollari” sport o‘yinlarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar sportning 21 ta olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha olib borilayotir. Bu yilgi sport musobaqalari dasturiga kurash, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san’ati va “Turon” yakkakurashining kiritilgani ayni muddao bo‘ldi.

Tecno

 Bahorgi ta’til kunlarida  3652 nafar (1155 nafari qizlar) o‘quvchilarning sport bellashuvlarida ishtirok etayotganligi ham farzandlarimizning naqadar sportga oshno ekanligidan dalolatdir.

Shunday musobaqalardan biri Chilonzor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida engil atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda shahardagi barcha tuman maktablaridan 100 dan oshiq o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Fotolavhalarga e’tibor bering:

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!