
Uilsher nega "Arsenal"dan ketmoqchi?
30 iyun kuni shartnomasi tugab, erkin agentga aylanadigan Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher “kanonirlar” bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas va faoliyatini boshqa jamoada davom ettirmoqchi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha 26 yoshli angliyalik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri qo‘l ostida yangi mavsumda asosiy tarkibdan joy olishiga ishonmayapti.
Xabarlarga qaraganda Uilsherga “Everton”, “Vest Xem”, “Vulverxempton” hamda “Yuventus” kabi jamoalar qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar