UFC prezidenti: Makgregor va Nurmagomedov faoliyatidagi eng muhim jangni o‘tkazishadi

CHERY AUTO

UFC prezidenti Dena Uayt so‘zlariga ko‘ra, Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov bo‘lajak jangga oldingilaridan ham kuchliroq tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Bizning rejalarimizda ikkita matbuot anjumani bor, ammo bu Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi kabi bo‘lmaydi. Ha, shunday qilsak bo‘ladi. Biroq bu jang har ikki sportchi uchun ham faoliyatidagi eng muhim jangligini tushunish kerak. Ular ko‘proq vaqtini tayyorgarlikka sarflamoqda. Biz OAV va muxlislar uchun bir nechta tadbir o‘tkazamiz. Jang kuniga qancha yaqin bo‘lsa, qarama-qarshilik ham shuncha kuchayadi, – deya Dena Uaytning so‘zlarini keltiradi TSN nashri.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor jangi 6 oktyabr kuni UFC 229 turniri doirasida o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!