
UEFA "Shaxtyor" va "Lion" uchrashuvini boshqa shaharda o‘tkazadi
UEFA ijroqo‘mi harbiy harakatlar bo‘lib o‘tayotgan xududlarda uchrashuvlar o‘tkazishni ta’qiqladi.
Ukraina xududida 30 kunlik harbiy holat joriy etilgani bois UEFA 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Shaxtyor” va “Lion” uchrashuvi Xarkovda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda UEFA bosh kotibi o‘rinbosari Jorjo Marketti aytib o‘tdi.
“UEFA sha’feligidagi musobaqalar harbiy harakatlar o‘tkazilayotgan xududlarda o‘tkazilmaydi.
“Shaxtyor” va “Lion” jamoalari bahsi esa Xarkovda bo‘lmaydi. Ammo, hozircha ushbu o‘yin qaysi shaharda o‘tkazilishini ham bilmaymiz”, - deydi Marketti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq UEFA Evropa ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Vorskla” – “Arsenal” bahsini Poltovadan Kievga ko‘chirgan edi.
Fikrlar