
"Tottenxem" yozda A Seriyadan 2 ta futbolchi sotib oladi
Londonning "Tottenxem" klubi A Seriyadan 2 nafar etakchi futbolchini sotib olmoqchi.
TMW nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar”ning e’tibori “Milan” hujumchisi Suso va "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishichga tushgan. Ushbu futbolchilarni sotib olishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Susoning transfer narxi 50 mln evroga, 30 yoshli Perishichning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Joriy mavsum Suso 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Perishich esa 29ta o‘yinda 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" ketma-ket 2ta transfer mavsumidan buyon yangi futbolchi sotib olishmayapti.
Fikrlar