
Toshkentda Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 Markaziy mintaqa saralash bahslari o‘tkaziladi
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2019 yilda OFK U-20 futzal chempionatining saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Saralash bosqichining O‘zbekiston futzal terma jamoasi ishtirok etuvchi Markaziy mintaqaning o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Markaziy mintaqadan Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari joy olishgan edi. Qur’a natijalariga ko‘ra ikki guruhga bo‘lingan markaziy mintaqa jamoalari quyidagicha joylashishdi:
A guruhi: Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston.
B guruhi: O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston.
O‘yinlar 1-4 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Quyida o‘yinlarning vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:
1 dekabr
Qirg‘iziston – O‘zbekiston
Turkmaniston – Eron
2 dekabr
Tojikiston – Qirg‘iziston
Afg‘oniston – Turkmaniston
3 dekabr
O‘zbekiston – Tojikiston
Eron – Afg‘oniston
4 dekabr
Uchinchi yo‘llanma uchun bahs
Fikrlar