Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar yakuniga etdi

  • 5 dekabr, 2018, 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
3-4 dekabr kunlar Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra seminarda Afg‘oniston, Iroq, Qirg‘iziston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Yaman va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyalari vakillari qatnashdi. 
 
Seminar davomida FIFA Forward dasturi bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilinib, qatnashchilar bu borada o‘zaro fikr almashishdi. Shuningdek, FIFA tashkilotining turli departamentlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.  Jumladan, Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari direktori Sanjivan S Balasingam, Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari loyihalari bo‘yicha koordinator Elia De Santis, G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalarini rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibaniy, G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalari koordinatori Andrey Vashkevich  FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berishdi.
 
Shuningdek, Islandiya futbol federatsiyasi prezidenti Geyr Torsteynsson mamlakatda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
Bundan tashqari, seminar davomida milliy futbol assotsiatsiyalarning 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ham muhokama qilindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!