Toshkentda FIFA Forward dasturi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi

  • 2 dekabr, 2018, 19:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Seminarda Afg‘oniston, Iroq, Qirg‘iziston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, BAA, Yaman va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyalari vakillari qatnashadi. 

Seminar davomida FIFA Forward dasturi bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilinib, qatnashchilar o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, FIFA tashkilotining turli departamentlaridan tashrif buyuradigan mutaxassislar ma’ruzalari tinglanib, FIFA Forward dasturidan unumli foydalanish bo‘yicha ulardan tegishli ko‘rsatmalar olinadi. 

Bundan tashqari, milliy futbol assotsiatsiyalarning 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish dasturi ham muhokama qilinadi. 

Seminarda FIFAdan quyidagi mutasaddilar qatnashishadi: 

Sanjivan Balasinganom – Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari direktori
Eliey De Santis – Osiyo va Okeaniya milliy assotsiatsiyalari loyihalari bo‘yicha koordinator
Essam Al-Suhibaniy – G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalarini rivojlantirish menejeri
Andrey Vashkevich - G‘arbiy va Markaziy Osiyo hududiy assotsiatsiyalari koordinatori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!