"Toshkent kuzi" turnirida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi (foto)

CHERY AUTO

  Respublika ixtisoslashgan bolalar-o‘smirlar shaxmat maktabida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Toshkent kuzi” turniri nihoyasiga etdi.

Tecno

  O‘z iqtidorlari va reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, “A” va “B” guruhlarida dona surgan shaxmatchilar 9 kun davomida bellashdilar. “A” guruhida Qoraqalpog‘istonlik Rahmatjon Rahimov 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan Olmos Rahmatullaev 2-o‘rinni egalladi. U 7 ochko jamg‘ardi. 3-o‘rin esa poytaxtlik Hadiyatullo Muxamedovga nasib etdi.

  14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar qatnashgan “B” guruhida 1-o‘rinni Akobir Jo‘raev (Qashqadaryo, 7,5 ochko) egalladi. Keyingi o‘rinlarni Jahongir Komilov (Toshkent sh., 7,5 ochko) va Habibulloh Abdullaev (Toshkent sh.,7 ochko) band etdi.

  G‘olib va sovrindorlar federatsiya tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshkent-kuzi (1)

Toshkent-kuzi (2)

Toshkent-kuzi (3)

Toshkent-kuzi (4)

Toshkent-kuzi (5)

Toshkent-kuzi (6)

Toshkent-kuzi (7)

Toshkent-kuzi (8)

Toshkent-kuzi (9)

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!