
Tomash Berdixning zarbasiga Fernando Verdasko dosh bera olmadi
Doxada o‘tayotgan "Qatar ExxonMobil Open" turnirida ikkinchi davra bahslari kutilmagan natijalarga boy o‘tmoqda.
Mazkur musobaqaning ushbu bosqichida chexilik Tomash Berdix ispaniyalik Fernando Verdaskoni uch setda, – 4:6, 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Tomash musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun frantsiyalik Per Yuge-Erber bilan raqobatlashadi.
Fikrlar