
Tokioda sport federatsiyalari bilan navbatdagi muzokaralar tashkil etildi
Kecha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Komil Ro‘ziev hamda MOQning Yaponiyadagi maslahatchisi Mansur Baxriddinov Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish ishlari vaziri, Yaponiya parlamenti deputati Yoshitaka Sakurada, shuningdek, Tokio jismoniy tarbiya universiteti prezidenti Kenichi Matsunami bilan uchrashuvlar o‘tkazishgani haqida xabar qilgandik.
Bugun ana shu uchrashuvlarning mantiqiy davomi sifatida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ular avvaliga «Kodokan» dzyudo markazi prezidenti Xaruki Uemura bilan ko‘rishishdi. Uchrashuv davomida tomonlar olimpiya sport turi hisoblangan dzyudoni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, X.Uemura O‘zbekiston MOQ vakillariga o‘zbek sportchilarining yuqori tayyorgarligi Tokio 2020 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatning asosiy omili ekanligini alohida qayd etib o‘tdi. MOQ delegatsiyasi vakillari u erda Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, musobaqalar o‘tkaziladigan va xorijdan tashrif buyuradigan sportchilar yig‘in olib boradigan sport ob’ektlarini ko‘rishdi.
Fikrlar