Tezkor xabar! Shohjahon Ergashevga munosib raqib topildi

  • 8 noyabr, 2018, 01:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev joriy yilning 10 noyabr kuni o‘zining professional ringdagi 15-jangini o‘tkazadi.

Tecno

Shohjahon Chikagoda o‘tadigan jangda 29 yoshli amerikalik Zak Ramseyga qarshi ringga ko‘tariladi.

"Men Zakka qarshi jang o‘tkazishimni hozirgina bildim. Uning qanday jang qilishini o‘rganish uchun ikki kunim bor. Nima bo‘lsa ham men har qanday raqibga qarshi bahslashishga tayyorman", – deydi Shohjahon Ergashev Sports.uz internet portali muxbiriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Sh.Ergashev o‘tkazgan 14 jangning barchasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Zak o‘n ikkita jang o‘tkazib, ularning sakkiztasida g‘alaba qozongan va 4tasida mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!