
Tez orada A Seriyada iste’fo yuz beradi
Italiyaning "Kevo" klubi rahbariyati yaqin orada jamoa bosh murabbiyi Lorentso D′Annani o‘z lavozimidan ozod etadi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Unga ko‘ra rahbariyatning bunday qarorga kelishiga jamoaning mavsum startida qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Kevo” A Seriyaning o‘tgan 8ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar