Teves qamoqxonadagi futbol o‘yini vaqtida jarohat oldi

  • 28 mart, 2018, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Boka Xuniors” klubi hujumchisi Karlos Teves qamoqxonada futbol o‘ynayotgan vaqtda jarohat olgan. Bu erda uning akasi 2010 yildan beri jazoni o‘tab kelmoqda, deya xabar beradi Clarín nashri.

Tecno

Teves aksining taklifiga binoan o‘yinda ishtirok etadi, biroq jarohat olgan. Endi u ushbu jarohati sababli bir oy muddatda maydonga tusha olmaydi.

Bu mavsum 33 yoshli futbolchi “Boka Xuniors” safida Argentina chempionatida 7 o‘yinda ishtirok etib, 3 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Teves Argentinaga 2018 yil yanvarida qaytgan edi. U bundan oldin, aniqrog‘i 2001-2005 yillarda “Boka Xuniors” sharifini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!