
Teves ahmoqona ishga qo‘l urdi(mi?)
Avvalroq argentinalik mashhur hujumchi Karlos Teves Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik.
Clarin nashrining xabar berishicha klub rahbariyati 33 yoshli futbolchining shartnomani muddatidan avval bekor qilish borasidagi iltimosini qanoatlantirgan. Aytish lozimki, Tevesning "Shanxay Shenxua" bilan kelishuvi 2019 yilning dekabriga qadar imzolangan edi. Ushbu kelishuvga ko‘ra u yiliga 38 mln evro maosh olib, dunyoning o‘sha paytdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Teves shanxayliklar safida 2016 yilning dekabridan buyon to‘p surib kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda Teves katta ehtimol bilan yana "Boka Xuniors" klubi safiga borib qo‘shiladi. Bu uning ushbu jamoaga 3-marta kelishi bo‘ladi.
Fikrlar