Tennis. Istomin xitoylik raqibiga imkon qoldirmadi

CHERY AUTO

Bugun tennis musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ham 1/8 final bosqich o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

O‘zbekistonning va umuman, musobaqaning birinchi raketkasi, hamyurtimiz - Denis Istomin xitoylik Jan Jijengga qarshi kortga chiqdi. Mazkur bellashuvda tajribali Istomin raqibiga imkon qoldirmadi - 6:4, 6:3.

Shu tariqa, yakkalik bahslarida g‘oliblik uchun bir yo‘la ikki tennischimiz - Istomin va Jo‘rabek Karimovlar kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Osiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz tomonidan qayd etilayotgan natijalarni birinchilar qatorida saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!