
Tayson "Shaxtyor"ning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Donetskning "Shaxtyor" klubi o‘zining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu nomga 4675 ovoz to‘plagan Tayson sazovor bo‘ldi. Braziliyaik yarim himoyachi bu borada himoyachi Ismail (2885) va yarim himoyachi Marloslarni (1508) ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, Tayson o‘tgan 2018 yilda "konchilar" safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar