
“Tashkent Challenger”. Bugun Istomin kurashga kirishadi, “Sport TV” ko‘rsatadimi?
Ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida mukofot jamg‘armasi 150 000 AQSh dollarini tashkil etadigan “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun ushbu turnirdagi o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazadi. Denisga ilk davrada yana bir hamyurtimiz Farrux Do‘stov raqiblik qiladi.
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 11.20 da start olishi rejalashtirilgan. MTRK rasmiy saytida yozilishicha, “Sport TV” mazkur turnirni jonli efirda uzatadi.
Bugun shuningdek, yana ikki nafar tennischimiz o‘z yurishlarini boshlaydi.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev esa markaziy kortda bosniya va gertsegovinalik Aldin Setkichga qarshi bahs yuritadi.
Xumoyun Sultonov ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar