
Taekvondo: Niyoz Po‘latov finalda
Osiyo o‘yinlarining ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslarining -58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Niyoz Po‘latov yarim final bosqichida amaldagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Eron vakili Farzan Ashurzoda Fallahga qarshi dayanga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahs vakilimizning foydasiga hal bo‘ldi va hamyurtimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar