Superliga. 30-turda eng ko‘p muxlis yana Namanganda, Toshkentda esa buning aksi

  • 10 noyabr, 2018, 23:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar statistikasini taqdim etadi.

Tecno

Unga ko‘ra, 30-turning eng ko‘p muxlis to‘plagan qarama-qarshiligi sifatida "Navbahor" - "Bunyodkor" o‘yinini ko‘rsatish mumkin. "Lochinlar" 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugagan uchrashuvni bevosita stadiondan 12  050 nafar muxlis kuzatib bordi.

Bu boradagi ikkinchi ko‘rsatkich AGMK klubi tomonidan qayd etildi. O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan AGMK kutilmaganda Olmaliqda "Qo‘qon-1912"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yindan oldin katta bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi va 5115 kishi uni bevosita OKMK sport majmuasidan turib kuzatib bordi.

Toshkentdagi bellashuvlar esa "sokinlik" bilan o‘tdi. "Lokomotiv" ishtirokidagi o‘yin 951 nafar muxlisni jalb etgan bo‘lsa, "Paxtakor" - "Metallurg" qarama-qarshiligini esa 872 nafar tomoshabin stadiondan turib kuzatdi.

"Navbahor" - "Bunyodkor" (1:0). 12   050 tomoshabin

AGMK - "Qo‘qon-1912" (1:3). 5 115 tomoshabin

"Qizilqum" - "Nasaf" (2:0). 3 445 tomoshabin

"Neftchi" - "So‘g‘diyona" (0:1). 3 420 tomoshabin

"Lokomotiv" - "Buxoro" (4:0). 951 tomoshabin

"Paxtakor" - "Metallurg" (2:1). 872 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!