
Sultonov va Karimov Malayziyada mag‘lub bo‘ldi
Ayni kunlarda Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida ITF taqvimidan o‘rin olgan xalqaro turnir davom etmoqda. Ushbu turnirda hamyurtlarimiz Xumoyun Sultonov hamda Jo‘rabek Karimovlar ishtirok etishmoqda.
Yakkalik bahslarining ilk davrasida Xumoyun bugun Yuri Javakian(Ukraina)ga qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda hamyurtimiz 4:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Juftlik bahslarida Jo‘rabek Karimov sherigi Aoran Vang(Xitoy) bilan Vinayak Sharma Kaza(Xindiston)/Kelsey Stevenson(Kanada) duetiga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu bahsda Karimov/Kaza dueti 6:3, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar