
Sulsher Reshfordni MYuda qolishga ko‘ndirdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford o‘zining kelajak faoliyati haqida bir qarorga keldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchi “Real”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay MYuda qolishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Reshford boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgan edi. Ammo Ule Gunnar Sulsher jamoaga kelgach uni “Old Trafford”da qolishga ko‘ndirgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Reshford joriy mavsum “qizil iblislar” safida jami23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar