Spaletti: "Real" Modrichni qo‘yib yubormaydi, biroq uning "Inter"ga o‘tishni xohlayotgani...

  • 12 avgust, 2018, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi bosh murabbiyi Luchanno Spaletti "Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrichning italiyaliklar safiga transferi haqidagi xabarlarga o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan, jahon chempionati final uchrashuvida ishtirok etgan futbolchi "Inter"ga ko‘chib o‘tishni xohlayotgani meni xursand qildi.

Albatta, bunday yuqori darajadagi yarim himoyachining transferini amalga oshirish mushkul. Biroq, klub rahbariyati Modrichning qiziqishini tortgani ham maqsadga muvofiqdir.

Tan olishim kerak, "Real" Lukaning qobiliyatiga ishonib kelmoqda, shu sababdan ham uning ko‘chib o‘tishi amalga oshishiga ishonmayman.

Nima bo‘lishidan qat’iy nazar biz kuchli jamoa, Modrichning transferi esa bizni kuchliroq qilar edi, - deya Spalettining so‘zlaridan iqtibos keltiradi  Football Italia nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!