So‘nggi daqiqa “qurbonlari”

  • 28 iyul, 2018, 18:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Barselona” yashin tezligida Malkomni o‘z safiga qo‘shib olganidan keyin Goal nashri Malkom transferidan oldin ham ro‘y bergan dramatik transferlarni yodga oldi. Quyidagi futbolchilarning ko‘pchiligi dunyo tan olgan yulduzlar. Guvohi bo‘lishingiz mumkinki, “Barsa”ning “Roma”ni og‘zidan ilib ketgan Malkom birinchisi emas va oxirgisi ham bo‘lmaydi.

Romelu Lukaku “Chelsi”da

Mavsumni 25 gol bilan tugatganidan keyin Lukaku 2017-18-yilgi mavsumni Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubni qidira boshladi. Amaldagi Premer Liga chempionligi maqomida bo‘lgan “Chelsi” go‘yoki bu kurashda asosiy favoritdek edi. Antonio Konte o‘z jamoasiga olib kelish uchun juda harakat qildi. Shunga qaramay, bu kurashda “MYu” g‘olib bo‘ldi. Manchester shahri vakili 75 million evro evaziga uni “qizil iblis”ga aylantirdi.

Lukaku ham buni amalda isbotlashga kirishib ketdi. U o‘zining ilk mavsumida 27 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2018-yilgi Jahon Chempionatida esa termasining suyangan tog‘iga aylandi.

Pedro “Manchester Yunayted”da

2015-yilda “Barselona”ga kerak bo‘lmay qolgan Pedro uchun “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jiddiy raqobat uyushtirdi. “MYu” vakillari hujumchi bilan muzokaralar olib borish uchun Ispaniyaga bordi. Biroq vingerning agenti keyinroq muzokaralar yurishmayotganiga sha’ma qildi va londonliklar kurashga qo‘shildi va Pedroni 19 million funt evaziga Londonga olib ketdi.

Emmanuel Peti “Tottenxem”da

Yangi asr kirib kelishidan oldin ham bunday dramatik transferlar amalga oshirilgan. Shulardan biri “Peti ishi”. “Taqachilar” bilan bo‘lgan muzokaralarda frantsiyalik futbolchi “Arsenal” klubidan tushgan taklif – vatandoshi bilan gaplashmasdan turib “Uayt Xart Leyn”dagilar bilan shartnoma tuzmaslikni so‘rashadi.

Yana bir variantga ega bo‘lgan Petini “Tottenxem” pul sarflab uni mehmonxonaga qaytarib yuboradi. Yo‘lda bularni o‘ylab ketarkan bo‘lajak Jahon Chempioni yo‘nalishni “Xayberi”ga tomon buradi va “to‘pchilar” bilan shartnoma imzolaydi.

Jorjino “Manchester Siti”da

“Manchester Siti” asosiy transfer nishoni – “Napoli” etakchisi iyulda “Chelsi”ga kelib qo‘shilganidan jahli chiqdi. Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis o‘z etakchisini “Stemford Bridj”dan ko‘ra “Etixad”ga o‘tishi ehtimoli yuqori ekanligini aytgan edi. “Manchester Siti” ham klub, ham futbolchi bilan kelishuvga erishgan edi. Biroq ishlar kutilmaganda teskari tomonga qarab ketdi.

Krishtianu Ronaldu “Arsenal”da

“Birinchi marta Krishtianuni men ko‘rgandim” – deydi “Arsenal” skauti Demen Komolli. “Men Portugaliyadagi tanishlarimga fenomenal o‘yinchini ko‘rganimni aytdim. Terri Anridan beri hali birorta bunaqangi futbolchini ko‘rmagan edim.”

“U “Arsenal” mashg‘ulotlariga ikki marta keldi. Hech kim bu haqida bilmaydi. Ammo transferni amalga oshirish vaqti kelganida pul topilmadi.”

Natijada, “MYu” besh karra “Oltin to‘p” egasini o‘z safiga 12.24 million funt evaziga sotib oldi. O‘sha vaqtda Britaniyada o‘smir uchun to‘langan eng yirik transfer rekordi edi. Biroq “qizil iblislar” bundan hecham yutqazgani yo‘q.

Alfredo Di Stefno “Barselona”da

Dunyoning eng yaxshi transferi ancha vaqt oldin ro‘y bergan. “Real Madrid” va “Barselona” 1953-yilda Kolumbiyaning “Millonarios” jamoasida porlagan Di Stefano uchun jiddiy kurashga qo‘shilishdi.

Barcha vaqtlarning eng yaxshi transferi haqida turli mish-mish va afsonalar yuradi. O‘sha vaqtda “Barsa” argentinalik hujumchini Kataloniyaga olib keldik deb o‘ylashadi. So‘nggi daqiqada esa Di Stefano “Real”ga o‘tib ketadi.

U a’lo darajadagi o‘yinni o‘zgartirish qobiliyatiga ega edi. “Qirollik klubi”dagi o‘n bir yillik faoliyati davomida u 8 marta La Ligani va qatorasiga besh marta Chempionlar Ligasini yutadi. Bunaqangi omadli transfer kamdan-kam uchraydi.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!