
Solari ertaga bo‘ladigan "Roma"ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi, afsuski Kazemiro bu o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Kazemiro ertaga Chempionlar ligasi doirasida “Roma”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim bahsda ishtirok etolmaydigan bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda braziliyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib ulgurmagan.
Bosh murabbiy Santyago Solari esa ushbu o‘yin qaydnomasiga quyidagi futbolchilarni kiritdi:
Darvozabonlar: Kurtua, Kasilya, Zidan
Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Sanches
Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Valverde, Lorente, Asensio, Isko, Sebalos
Hujumchilar: Dias, Benzema, Beyl, Vaskes, Vinisius
Eslatib o‘tamiz, "Roma" - "Real" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Fikrlar