
"So‘g‘diyona" - "Qo‘qon-1912" jamoalar bugun qanday liboslarda o‘ynashadi?
Ushbu bahs oldidan o‘yin komissari Ma’mur Saidqosimov boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda bugungi o‘yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va uchrashuvda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra “So‘g‘diyona” ko‘k, “Qo‘qon-1912” esa oq rangli libosda harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz,bahs bugun 19 oktyabr kuni soat 18:00 da “So‘g‘diyona” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar