
Sobiq jahon chempionlari kuch sinashishi mumkin
Sobiq jahon chempioni Kell Bruk va ikki vaznda sobiq jahon chempioni Jessi Vargas o‘zaro ringda uchrashishi mumkin. Bu jang joriy yilning 6 aprelida AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Boxingnews24 nashri.
– O‘ylaymanki, bu haqiqatga yaqin ma’lumot. Chunki jang borasida muzokaralar ketmoqda, — deydi Vargas.
Avvalroq Kell Bruk keyingi jangini Amir Xan bilan o‘tkazishni afzal bilgan, ammo Xan Terens Krouford bilan 20 aprel kuni jang qiladi.
Kell Bruk oldingi jangini 2018 yil 8 dekabrida o‘tkazib, Maykl Zerafni ochkolar bilan yutgan. Jessi Vargas esa so‘nggi marta 2018 yil 6 oktyabrda ringga chiqib, Chikagoda Tomas Dyulorm bilan durang qayd etgan.
Fikrlar